Work

Basic Music Theory

wd:Q85919660

„Musiqaning elementar nazariyasi“ — oʻzbekistonlik dirijyor, bastakor va musiqachi Qadamboy Rahimov qalamiga mansub musiqa nazariyasi boʻyicha kitob. 2007-yil Toshkent shahrida „Musiqa“ nashriyotida chop etilgan. Asardagi materiallar ham lotin, ham kirill yozuvida berilgan. Kitob oliy oʻquv yurtlari uchun oʻquv qoʻllanma oʻlaroq tayyorlangan. Unda musiqa nazariyasidagi asosiy tushunchalar qisqa izohlar, misollar va jadvallar yordamida yoritilgan. Asar yakunidan qisqa adabiyotlar roʻyxati oʻrin olgan. Kitobni S. Dostov hamda F. Toʻrayevlar taqriz qilgan. Shuningdek, qoʻllanmani nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: M. Poʻlatov – nashr uchun masʼul shaxs, M. Yoʻldosheva, M. Xolbekova – muharrirlar, T. Smirnova – texnik muharrir, M. Zokirova – dizayner. Kitob adadi – 500 nusxa.
Read more or edit on Wikipedia

original title: Musiqaning elementar nazariyasi
language: Uzbek
date of publication: 2007
main subject: music theory

Public

nothing here

Editions

  • no edition found
add
add an edition without an ISBN

Welcome to Inventaire

the library of your friends and communities
learn more
you are offline