Work

Where Rivers and Mountains Sing

wd:Q89100045

„Where Rivers and Mountains Sing: Sound, Music, and Nomadism in Tuva and Beyond“ („Daryolar va togʻlar kuylovchi yerlar: Tiva va uning atrofidagi hududlarda tovush, musiqa va koʻchmanchilik“) (ruscha: Музыка новых номадов. Горловое пение в Туве и за ее пределами; „Yangi koʻchmanchilar musiqasi. Tiva va uning atrofidagi hududlarda jir ijrosi“) — amerikalik musiqashunos va etnograf Theodore Levin qalamiga mansub kitob. Kitob matnini boshdan-oyoq Levin yozgan boʻlsa-da, muallif unga yaqindan koʻmaklashgan va u bilan gʻoyalarini boʻlishgan tivalik etnograf olima Valentina Suzukeyni hammualif oʻlaroq koʻrsatgan. Kitobda Oltoy togʻlari yaqinida yashovchi koʻchmanchi xalqlar, xususan, tivalar, xakaslar, oltoylar, moʻgʻullar, qozoqlar va qirgʻizlar musiqiy merosi haqida soʻz yuritiladi. Kitobda, shuningdek, tivalik jirovlardan iborat „Xun-Xurtu“ musiqiy guruhi faoliyati atroflicha yoritilgan. Asar ilk bor 2006-yil AQShning Bloomington shahrida Indiana University Press nashriyotida chop etildi. 2010- va 2019-yillarda qayta nashr qilindi. 2012-yil Moskva shahrida „Klassika XXI“ nashriyotida Ilya Kun oʻgirgan ruscha tarjimasi chop etildi. Kitob 40 qoʻshiq va kuyni oʻzida jamlagan hamroh kompakt-disk hamda 25 ta videolavhani oʻzida jamlagan DVD disk bilan nashr qilingan. Kuylarning barchasini va videolarning aksarini Levinning oʻzi yozib olgan. Kitobda, shuningdek, Oltoy xalqlari musiqasi va musiqiy hayoti toʻgʻrisida yozilgan ilmiy asarlar bibliografiyasi keltirilgan. Kitob tanqidchilar va oʻquvchilar tomonidan yaxshi kutib olindi. Britan qoʻshiqchisi va etnomusiqashunosi Carole Pegg kitobni yuqori baholadi: „Kitob etnografik tafsilotlarga boy boʻlib, bizni tovush va musiqa orqali nafaqat zamonaviy koʻchmanchilar fizik dunyosiga, balki ularning animistik ishonch va anʼanalari, shomonlar va dostonchilardan iborat ruhiy dunyosiga ham yetaklaydi. Levin qator nazariyotchilar, jumladan, etnomusiqashunoslar, antropologlar, tilshunoslar, musiqachilar, bastakorlar, tarixchilar, evolyutsiya psixologlari, faylasuflar va sanʼat tarixchilariga tayanadi.“ Ammo Pegg kitobda Oltoy xalqlari sanʼatidan uslubiy jihatdan farq qiluvchi qozoq va qirgʻiz sanʼati haqida soʻz yuritilganini, ijrochilarni yozib olish aksar holatlarda „sahnalashtirilgan“ muhitda oʻtkazilganini hamda ayrim holatlarda kichik aholi punktlariga koʻp sonli xorijlik aʼzodan iborat etnografik guruh tashrif buyurganini tanqid qildi.
Read more or edit on Wikipedia

original title: Where Rivers and Mountains Sing: Sound, Music, and Nomadism in Tuva and Beyond, Музыка новых номадов. Горловое пение в Туве и за ее пределам
date of publication: 2006 or 2010 or 2019
main subject: ethnomusicology

Public

nothing here

Editions

  • no edition found
add
add an edition without an ISBN

Welcome to Inventaire

the library of your friends and communities
learn more
you are offline