Work

Man

wd:Q91015228

„Inson“ — oʻzbek shoiri Erkin Vohidov qalamiga mansub sheʼriy toʻplam. 2015-yil Toshkent shahrida „Oʻzbekiston“ nashriyot-matbaa ijodiy uyida chop etilgan. Toʻplamga shoir 1956—2006-yillar oʻrtasida yozgan sheʼrlar kiritilgan. Xususan, toʻplamdan Vohidovning „Kuy avjida uzilmasin tor“, „Oʻrtada begona yoʻq“, „Oʻzbegim“, „Hozirgi yoshlar“, „Oʻzbekiston“, „Tirik sayyoralar“, „Inson“, „Yaxshidir achchiq haqiqat“, „Qumursqalar jangi“ kabi taniqli sheʼrlari, „Ruhlar isyoni“ dostonidan parchalar hamda Matmusa obrazi haqidagi „Donishqishloq latifalari“ turkumidagi hazil sheʼrlar oʻrin olgan. Toʻplamga Vohidov 1990-yillarda mustaqillik mavzuda yozgan bir necha sheʼr kiritilgan. Sovet davrida yozilgan „Oʻzbekiston“ sheʼridan esa Oktabr inqilobi, Oʻzbekiston SSRga asos solinishi, oʻzbekistonliklarning Ikkinchi jahon urushidagi ishtiroki hamda Mirzachoʻlni suv bilan taʼminlash maqsadida ochilgan kanallar haqidagi misralar senzura qilingan. Asarni nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: L. Igamova – muharrir, B. Zufarov – rassom-dizayner, L. Xijova – texnik muharrir, D. Xolmatova – kichik muharrir, J. Karamatov – musahhih, N. Ahmedova – kompyuterda sahifalovchi. Kitob adadi – 3 000 nusxa.
Read more or edit on Wikipedia

original title: Inson
language: Uzbek
date of publication: 2015

Public

nothing here

editions

  • no edition found
add
add an edition without an ISBN

Welcome to Inventaire

the library of your friends and communities
learn more
you are offline