Tanlangan asarlar

first publication date:  2018
genre:  poetry
original title:  Tanlangan asarlar
original language:  Uzbek

„Tanlangan asarlar“ — oʻzbek shoiri Erkin Vohidov qalamiga mansub sheʼriy toʻplam. 2018-yil Toshkent shahrida „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyatida chop etilgan.Toʻplam sheʼrlari „Yoʻq, halovat istamayman!“, „Yoshlik devoni“, „Bolaligim – Bozorim“, „Orzu chashmasi“, „Iltijo“, „Tirik sayyoralar“, „Sharqiy qirgʻoq“, „Ruhlar isyoni“, „Shavqu armonim gʻazal“, „Bedorlik“, „Hajv daftari“, „Subhi sodiq“, „Istanbul fojiasi“, „Orzuli dunyo“, „Tabassum“, „Daftarda qolgan satrlar“ turkumlariga boʻlingan. Toʻplamga shoirning turli yillarda yozgan sheʼrlari, shuningdek, „Nido“, „Orzu shachmasi“, „Palatkada yozilgan doston“, „Quyosh maskani“, „Ruhlar isyoni“ dostonlari hamda „Istanbul fojiasi“ sheʼriy dramasi kiritilgan. Asarni nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: Mirzo Kenjabek – nashrga tayyorlovchi, Nosirjon Joʻrayev – muharrir, Feruza Basharova – badiiy muharrir, Sarvar Gayratov – dizayner, Raʼno Boboxonova – texnik muharrir, Asal Nisanbayeva, Eʼzoza Yoʻldosheva – sahifalovchilar, Rasuljon Nafasov – musahhih. Kitob adadi – 3 000 nusxa. Source: Wikipedia (uz)

Editions
No editions found

Work - wd:Q104245537

Welcome to Inventaire

the library of your friends and communities
learn more
you are offline